Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Baqara — Oyat 189 (Oʻzbekcha) — Video

Baqara • Oyat 286 dan 189 • Oʻzbekcha


يَسْأَلُونَكَ عَنِ الْأَهِلَّةِ ۖ قُلْ هِيَ مَوَاقِيتُ لِلنَّاسِ وَالْحَجِّ ۗ وَلَيْسَ الْبِرُّ بِأَنْ تَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ ظُهُورِهَا وَلَٰكِنَّ الْبِرَّ مَنِ اتَّقَىٰ ۗ وَأْتُوا الْبُيُوتَ مِنْ أَبْوَابِهَا ۚ وَاتَّقُوا اللَّهَ لَعَلَّكُمْ تُفْلِحُونَ 189
Tarjima:
Sendan hilollar haqida so`rarlar. Ular odamlar va haj uchun vaqt o`lchovidir, deb ayt. Yaxshilik uylarning orqasidan kirishingizda emas, lekin yaxshilik kim taqvodorlik qilsa, shundadir. Va uylarga eshiklaridan kiring. Allohga taqvo qiling. Shoyadki, najot topsangiz. Baqara 2:189
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, sizdan oyning tuzilishi va oʻzgarib turishi haqida soʻraydilar. Oyning yaratilishidagi hikmat haqida soʻzlab aytingki, oy haj oylari, ramazon va zakotdagi yilning toʻlishi kabi ibodatlarda hamda xun va qarz toʻlash muddati kabi muomala-munosabatlarda odamlarga vaqtni aniqlab beradi. Johiliyat davrida boʻlganidek, haj yoki umraga ehrom bogʻlagan kishining uyning orqa tarafidan kirishi yaxshilik hisoblanmaydi. Uyning oldi tarafidan - eshigidan kirib boraveringlar. Shunda sizlarga yengil va mashaqqatsiz boʻladi. Zero, Alloh sizlarni mashaqqat boʻladigan ishga buyurmaydi. Oʻzinglarni solih amal bilan Allohning azobidan qutqaringlar. Shoyad shunda oʻzinglar orzu qilayotgan jannatga erishib, xavfsirayotganinglar doʻzaxdan najot topsanglar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Baqara • Oyat 188 Keyingi Baqara • Oyat 190