Harom oyga harom oy. Harom qilingan narsalarda qasos bor. Kim sizga dushmanlik qilsa, siz ham unga shunga o`xshash dushmanlik qiling. Va Allohga taqvo qiling hamda, bilingki, albatta, Alloh taqvodorlar bilandir. Al-Baqarah 2:194 ⧉
Tafsir:
Yettinchi hijriyda urush harom qilingan oy sharofati bilan Alloh sizlarga Haramga kirish imkonini berdi. B u ish oltinchi hijriyda mushriklar sizlarni Haramga qoʻymaganidan evazdir. Hurmatlar, yani, Baladul- Harom, Shahrul-Harom va ehrom kabi urush harom qilingan joylar va oylardagi tajovuzning jazosi qasosdir. Kim sizlarga qanday tajovuz qilgan boʻlsa, sizlar ham oʻshandek tajovuz qilinglar. Haddan oshib, musla (oʻlikning azolarini kesib tashlash)gacha bormanglar. Alloh Oʻzi belgilab qoʻygan hadlardan oshganlarni yoqtirmaydi. Haddan oshib, ruxsat etilmagan ishlarni qilishda Allohdan qoʻrqinglar. Bilinglarki, Alloh taqvodorlar bilan birga boʻlib, ularga kuch-quvvat va muvaffaqiyat ato etadi.