Odamlar ichida dunyo hayotidagi gapi seni ajablantiradiganlari bor. U qalbidagi narsaga Allohni guvoh ham qiladi. Holbuki, u ashaddiy xusumatchidir. Baqara 2:204 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, shunday munofiqlar borki, ularning tillaridan chiqayotgan gaplar bu dunyoda sizni oʻziga tortadi, juda chiroyli gapiradilar. Sizga ular xuddi rost gapirayotgandek, nasihat qilayotgandek tuyuladi. Aslida ularning maqsadi moli va jonini asrab qolish, xolos. Ular hatto qalblarida iymon va ezgulik borligiga Allohni guvoh qiladilar. Aslida esa ular musulmonlarning ashaddiy dushmanlari.