Taloq qilingan ayollar uch qur'u kutarlar. Agar Allohga va qiyomat kuniga iymon keltirgan bo`lsalar, ular uchun Alloh rahmlarida xalq qilgan narsani berkitishlari halol bo`lmas. O`shanda erlari ularni, agar islohni iroda qilsalar, o`zlariga qaytarib olishga haqliroqdirlar. Va yaxshilik ila ularning burchlari muqobilida haqlari ham bordir. Va erkaklarga ulardan ustun daraja bordir. Alloh Aziyz va Hakiymdir.
Al-Baqarah 2:228 ⧉