Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 236 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 236 • Oʻzbekcha


لَا جُنَاحَ عَلَيْكُمْ إِنْ طَلَّقْتُمُ النِّسَاءَ مَا لَمْ تَمَسُّوهُنَّ أَوْ تَفْرِضُوا لَهُنَّ فَرِيضَةً ۚ وَمَتِّعُوهُنَّ عَلَى الْمُوسِعِ قَدَرُهُ وَعَلَى الْمُقْتِرِ قَدَرُهُ مَتَاعًا بِالْمَعْرُوفِ ۖ حَقًّا عَلَى الْمُحْسِنِينَ 236
Tarjima:
Agar xotinlarga qo`l tekkizmay turib yoki ularni mahrni aniqlamay turib taloq qilsangiz, sizga gunoh bo`lmas. Ularni boy boricha, yo`q holicha yaxshilik ila foydalantiring. Bu yaxshilik qiluvchilar burchidir. Al-Baqarah 2:236
Tafsir:
Nikoh qilgan lekin hali qoʻshilmagan va aniq bir mahr tayin qilmagan ayollaringizni taloq qilsangizlar, ularga mahr berishingiz shart boʻlmaydi. Shikastlangan qalblariga biroz orom boʻlishi uchun koʻnglingizdan chiqarib, biron narsa berib yuborishingiz vojibdir. Bu borada boy yoki kambagʻal holiga qarab ish qiladi. Bu ish hamma ishini puxta bajaradigan muhsinlar boʻynidagi burchdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 235 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 237