Agar undoq qilmasangiz, Alloh va Uning Rasuli tomonidan bo`ladigan urushga ishonavering. Agar tavba qilsangiz, sarmoyangiz o`zingizga, zulm qilmassiz va sizga ham zulm qilinmas. Al-Baqarah 2:279 ⧉
Tafsir:
Buyruqni bajarmasangiz, bilib qoʻyingki va ishonchingiz komil boʻlsinki, Alloh va paygʻambari tarafidan urush boʻlishi tayindir. Agar tavba qilib, sudxoʻrlikni tark qilsangiz, bergan sof qarzingiz - dastmoyangiz oʻzingizniki. Ustiga foiz olib, siz ham birovga zulm qilmaysiz, pulingizni kamatirib berib, sizga ham zulm qilmaydilar.