Alloh ularning qalblari va quloqlarini muhrlab qo`ygan va ko`zlarida parda bor. Va ularga ulkan azob bordir. Al-Baqarah 2:7 ⧉
Tafsir:
Chunki Alloh ularning nohaqlikka oshyon boʻlgan dillarini muhrlab, qulflab, berkitib qoʻygan. Quloqlarini ham muhrlagan. Endi ular haqiqatga quloq solishga, ergashishga, uni qabul qilishga yaroqli boʻlmay qolgan. Koʻzlariga esa parda tortilgan. Endi ular haqiqat har qancha ravshan boʻlmasin, uni koʻrmaydilar. Va oqibatda ularga oxiratda ulkan azob bordir.