Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Baqarah — Oyat 93 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Baqarah • Oyat 286 dan 93 • Oʻzbekcha


وَإِذْ أَخَذْنَا مِيثَاقَكُمْ وَرَفَعْنَا فَوْقَكُمُ الطُّورَ خُذُوا مَا آتَيْنَاكُمْ بِقُوَّةٍ وَاسْمَعُوا ۖ قَالُوا سَمِعْنَا وَعَصَيْنَا وَأُشْرِبُوا فِي قُلُوبِهِمُ الْعِجْلَ بِكُفْرِهِمْ ۚ قُلْ بِئْسَمَا يَأْمُرُكُمْ بِهِ إِيمَانُكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 93
Tarjima:
Sizdan ahdu paymoningizni olib, ustingizga Turni ko`tarib: «Sizga Biz bergan narsani quvvat bilan tuting va tinglang», deganimizni eslang. Ular: «Tingladik va isyon qildik», dedilar. Kufrlari sababli qalblariga buzoq o`rnashtirildi. Ayt: «Agar mo`min bo`lsangiz, sizning iymoningiz qanday ham yomon narsaga buyuradi!» Al-Baqarah 2:93
Tafsir:
Eslanglar! Sizlardan Muso alayhissalomga ergashish va u Alloh tarafidan olib kelgan haqqa ergashish haqida ahdu paymon olgandik. Ustinglarga togʻni koʻtarib qoʻyib, sizlarga berganimiz Tavrotni mahkam ushlanglar va unga quloq solinglar, aks holda ustingizga togʻni tashlaymiz, degandik. Sizlar esa qulogʻimiz bilan eshitib qoʻyaveramiz, amalda esa boʻysunmaymiz, dedinglar. Kofirliklaring tufayli buzoqqa ibodat qilishdek razolat qalbinglarda mahkam oʻrnashib qoldi. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga aytingki, agar moʻmin boʻlsangizlar, Allohga kufr keltirishga buyurayotgan iymoninglar naqadar yomon narsaga buyuryapti. Zero, haqiqiy iymon bilan kufr hech qachon bir joyda jam boʻlmaydi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Baqarah • Oyat 92 Keyingi Al-Baqarah • Oyat 94