Albatta, biz Robbimiz xatolarimizni va sen bizni majbur qilgan sehrni mag`firat qilishi uchun iymon keltirdik. Alloh yaxshi va boqiydir», dedilar. Toha 20:73 ⧉
Tafsir:
"Biz esa kufrimiz va boshqa gunohlarimizni kechirishini umid qilib, Parvardigorimizga iymon keltirdik. Sen bizni sehrni oʻrganish va Muso bilan bellashishdek ogʻir gunohni qilishga majbur qilding. Ana shu gunohimizni ham magʻfirat aylashidan umidvormiz. Allohning mukofoti senikidan yaxshiroq, azobi ham senikidan kuchliroq".