Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Hajj — Oyat 52 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Hajj • Oyat 78 dan 52 • Oʻzbekcha


وَمَا أَرْسَلْنَا مِنْ قَبْلِكَ مِنْ رَسُولٍ وَلَا نَبِيٍّ إِلَّا إِذَا تَمَنَّىٰ أَلْقَى الشَّيْطَانُ فِي أُمْنِيَّتِهِ فَيَنْسَخُ اللَّهُ مَا يُلْقِي الشَّيْطَانُ ثُمَّ يُحْكِمُ اللَّهُ آيَاتِهِ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ حَكِيمٌ 52
Tarjima:
Biz sendan ilgari hech bir Rasul va Nabiy yubormadikki, u bir narsani tamanniy qilganida, shayton uning tamanniysiga (shubha) tashlamagan bo`lsa. Bas, Alloh shayton tashlaydigan narsani ketkazur. So`ngra, Alloh O`z oyatlarini mustahkam qilur. Alloh o`ta bilguvchi va hikmatli Zotdir. Al-Hajj 22:52
Tafsir:
Ey Paygʻambar, sizdan oldin biron rasul va nabiyni yubormadikki, Allohning kitobini qiroat qilayotgan paytida shayton uning qiroatiga oʻzining vasvasasini tashlamagan boʻlsa. Alloh shayton tashlagan narsani oʻchirib yuboradi va oyatlarini mustahkam qiladi. Alloh hamma narsani Bilguvchidir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas. U Oʻzining har bir yaratishida, taqdiri va tadbirida hikmat bilan ish qiladigan Hakim Zotdir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Hajj • Oyat 51 Keyingi Al-Hajj • Oyat 53