Alloh osmondan suv tushirganida, yerning yam-yashil bo`lishini ko`rmadingmi?! Albatta, Alloh o`ta lutfli va xabardor Zotdir. Al-Hajj 22:63 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, Alloh osmondan yomgʻir yogʻdirib, yerdan giyohlar unib chiqib, butun zamin yam-yashil boʻlganini koʻrmadingizmi? Alloh bandalariga mehribonlik qilib, ularga yomgʻir yogʻdirib berdi va yerdan turli xil oʻsimliklar unib chiqdi. Alloh bandalariga nima foydali ekanini juda yaxshi biladigan Zotdir. Biron narsa U Zotdan yashirin qola olmas.