Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Haj — Oyat 74 (Oʻzbekcha) — Video

Haj • Oyat 78 dan 74 • Oʻzbekcha


مَا قَدَرُوا اللَّهَ حَقَّ قَدْرِهِ ۗ إِنَّ اللَّهَ لَقَوِيٌّ عَزِيزٌ 74
Tarjima:
Ular Allohning qadrini joyiga qo`ymadilar. Albatta, Alloh kuchli va aziyzdir. Haj 22:74
Tafsir:
Ular oʻzlari kabi bir maxluqqa ibodat qilib, Allohni yetarlicha ulugʻlamadilar. Alloh Kuchlidir. Osmonlaru yerni va ulardagi narsalarni yaratgani U Zotning qanchalar buyuk qudrat sohibi ekanini koʻrsatib turibdi. U Gʻolibdir. Hech kim, hech narsa U Zotdan ustun boʻla olmas. Mushriklar sigʻinayotgan butlar esa hech narsani yarata olmaydigan zaifdir, xordir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Haj • Oyat 73 Keyingi Haj • Oyat 75