Albatta, sizning bu ummatingiz yagona ummatdir. Men esa, Robbingizman. Bas, Menga taqvo qiling. Mo‘minun 23:52 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ummatingiz bir ummatdir, yani, Islom ummatidir. Men esa yagona Parvardigoringizman. Mendan oʻzga parvardigor yoʻq. Bas, buyruqlarimni bajarish va taqiqlarimdan tiyilish ila Mendan taqvo qilinglar.