Agar haq ularning havoyi nafslariga ergashsa, albatta, osmonlaru yer va ulardagi kimsalar fasodga uchrar edi. Yo`q! Biz ularga o`z sharaflarini keltirdik. Ular esa, sharaflaridan yuz o`girmoqdalar. Al-Mu'minun 23:71 ⧉
Tafsir:
Agar Alloh ishlarni ularning istaklariga qarab tadbirini qilgan va yuritganida edi, osmonlaru yer va ulardagi hamma narsalar buzilib, vayron boʻlardi. Chunki ular ishlarning oqibatini ham, nima toʻgʻri-yu, nima notoʻgʻriligini ham bilmaydilar. Biz ular uchun izzat va sharaf boʻlgan Quronni keltirdik. Ular esa undan yuz oʻgirdilar.