Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Mu'minun — Oyat 91 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Mu'minun • Oyat 118 dan 91 • Oʻzbekcha


مَا اتَّخَذَ اللَّهُ مِنْ وَلَدٍ وَمَا كَانَ مَعَهُ مِنْ إِلَٰهٍ ۚ إِذًا لَذَهَبَ كُلُّ إِلَٰهٍ بِمَا خَلَقَ وَلَعَلَا بَعْضُهُمْ عَلَىٰ بَعْضٍ ۚ سُبْحَانَ اللَّهِ عَمَّا يَصِفُونَ 91
Tarjima:
Alloh hech bir farzand tutmagan, U bilan birga hech bir iloh bo`lmagan. Shundoq bo`lganida, har bir iloh o`zi yaratgan narsasi bilan ketib, ba'zilari ba'zilaridan ustun kelar edi. Alloh ular qilayotgan vasfdan pok bo`ldi. Al-Mu'minun 23:91
Tafsir:
Kofirlar oʻylayotganidek, Alloh bola tutmagan. Undan oʻzga chin mabud ham yoʻq. Farazan boshqa mabudlar ham bor boʻlsa, ulardan har biri oʻzi yaratgani bilan ketgan va bir-biridan gʻolib boʻlishga intilgan, natijada borliq nizomi izidan chiqib ketgan boʻlardi. Borliq nizomi joyida turganining oʻzi yolgʻiz Allohdan oʻzga hech bir chin mabud yoʻqligini koʻrsatib turibdi. U Zot mushriklar tavsiflayotgan bolasi bor, sherigi bor, degan nuqsonlardan Pok va Oliydir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Mu'minun • Oyat 90 Keyingi Al-Mu'minun • Oyat 92