Albatta, oxiratga iymon keltirmaydiganlarga Biz amallarini ziynatlab ko`rsatdik. Bas, ular adashib-uloqib yuraveradilar. Naml 27:4 ⧉
Tafsir:
Oxiratga va unda sodir boʻladigan savobu jazoga ishonmaydigan kofirlarga qilayotgan ishlarini chiroyli koʻrsatib qoʻyganmiz. Shuning uchun oʻsha ishlarini qilishda davom etaveradilar. Ular toʻgʻri yoʻlni topa olmay, doim adashib, tentirab yuraveradilar.