Muso o`z ahliga: «Aniqki, men bir olov ko`rdim. Tezda men sizlarga undan biror xabar yoki isinishingiz uchun bir tutam cho`g` keltirurman», deganini esla. Naml 27:7 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang! Muso oilasiga shunday degandi: "Men bir olov koʻrdim. Uning qayerda yoqilayotgani haqida biron xabar bilib kelaman. Yoki sizlar isinib olishingiz uchun undan bir choʻgʻ olib kelaman".