Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Qasas — Oyat 32 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Qasas • Oyat 88 dan 32 • Oʻzbekcha


اسْلُكْ يَدَكَ فِي جَيْبِكَ تَخْرُجْ بَيْضَاءَ مِنْ غَيْرِ سُوءٍ وَاضْمُمْ إِلَيْكَ جَنَاحَكَ مِنَ الرَّهْبِ ۖ فَذَانِكَ بُرْهَانَانِ مِنْ رَبِّكَ إِلَىٰ فِرْعَوْنَ وَمَلَئِهِ ۚ إِنَّهُمْ كَانُوا قَوْمًا فَاسِقِينَ 32
Tarjima:
Qo`lingni yoqangdan (qo`ltig`ingga) suq, biron nuqsonsiz oppoq bo`lib chiqur va qo`rquvdan qanot(qo`l)ingni o`zingga tortib ol. Bas, shu ikkisi Robbingdan Fir'avn va uning odamlariga ikki hujjatdir. Albatta, ular fosiq qavm bo`ldilar», (deyildi). Al-Qasas 28:32
Tafsir:
"Qoʻlingni koʻylaging yoqasidan qoʻyningga sol. U oppoq boʻlib chiqadi. Lekin unda pes, moxov kabi kasallik boʻlmaydi". Muso shunday qildi va qoʻli qordek oppoq boʻldi. "Qoʻrquv ketishi uchun qoʻlingni mahkam qisib ol". Muso shunday qildi va shu bilan undan qoʻrquv ketdi. "Shu ikki narsa, yani, aso va qoʻl Parvardigoring tarafidan Firavn va uning ayonlariga yuborilgan ikki hujjatdir. Ular kufru masiyatlar ila Allohga itoat etmaydigan qavm boʻldilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Qasas • Oyat 31 Keyingi Al-Qasas • Oyat 33