U zot: «Biz seni og`ang bilan quvvatlaymiz va ikkovingizga bir saltanat berurmizki, ular sizga yetisha olmaslar. Bizning oyatlarimiz ila ikkingiz va sizga ergashganlar g`olibdirsiz», dedi. Al-Qasas 28:35 ⧉
Tafsir:
Alloh Musoning duosini ijobat qilib shunday dedi: "Ey Muso, akangni senga yordamchi qilib yuborish bilan Biz seni qoʻllab-quvvatlaymiz. Sizlarga bir hujjat va tirgak ato etamiz. Ular sizlarga biron ziyon-zahmat yetkaza olmaslar. Sizlarni shunday oyatlar, moʻjizalar ila yuboramizki, ular yordamida sizlar ham, sizlarga ergashgan moʻminlar ham gʻolib boʻlursizlar".