Va Muso: «Robbim O`z huzuridan kim hidoyat keltirganini ham, oxirat diyori oqibati kimga bo`lishini ham yaxshi bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar», dedi. Al-Qasas 28:37 ⧉
Tafsir:
Muso Firavnga xitob qilib dedi: "Parvardigorim Alloh huzuridan hidoyat keltirgan rostgoʻy kim ekanini ham, oxirat diyoridagi goʻzal oqibat kimga boʻlishini ham yaxshi Bilguvchi Zotdir. Albatta, zolimlar najot topmaslar, murod-maqsadlariga yetmaslar".