Albatta, Fir'avn yer yuzida baland ketdi. U o`sha(er)ning aholisini bo`lib tashladi. Ulardan bir toifasini ezar, o`g`illarini so`yib, qizlarini tirik qoldirardi. Albatta, u buzg`unchilardan bo`lgan edi. Al-Qasas 28:4 ⧉
Tafsir:
Firavn Misrda haddidan oshdi, zoʻravonlik qildi, uning aholisini toifalarga boʻlib yubordi. Ulardan bir toifani - Bani Isroilni xorladi, erkaklarini oʻldirib, ayollarini xizmatkor qilish maqsadida tirik qoldirdi. U takabburligi, zulmi va zoʻravonligi bilan yer yuzidagi buzgʻunchilardan biri boʻlgandi.