Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Qasas — Oyat 41 (Oʻzbekcha) — Video

Qasas • Oyat 88 dan 41 • Oʻzbekcha


وَجَعَلْنَاهُمْ أَئِمَّةً يَدْعُونَ إِلَى النَّارِ ۖ وَيَوْمَ الْقِيَامَةِ لَا يُنْصَرُونَ 41
Tarjima:
Va ularni do`zaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni esa, ularga yordam berilmas. Qasas 28:41
Tafsir:
Ularni zolimlarga, yoʻldan ozganlarga kufru zalolatni maqtab, chiroyli qilib koʻrsatish bilan doʻzaxga chaqiradigan peshvolar qildik. Qiyomat kuni ularga yordam berilmas. Aksincha, ularga azob qilmishlari tufayli ziyoda qilib beriladi. Zero, boʻyinlarida oʻzlarining ham, ularga ergashgan tobelarining ham gunohlari boʻladi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Qasas • Oyat 40 Keyingi Qasas • Oyat 42