Lekin Biz bir necha asrlarni paydo qildik, bas, ularning umri cho`zildi. Sen Madyanda turib, ularga oyatlarimizni tilovat qilib berganing yo`q. Ammo Biz Payg`ambar yuborguvchi bo`ldik. Al-Qasas 28:45 ⧉
Tafsir:
Lekin biz Musodan keyin koʻp ummatlarni, xalqlarni vujudga keltirdik. Zamon oʻtishi bilan ular Allohga bergan ahdlarini unutdilar. Siz Madyanda turib, ularga oyatlarimizni oʻqib bermagan edingiz. Aksincha, Biz sizni paygʻambar qilib yuborib, sizga Muso haqidagi xabarlarni, uning Madyanda turganini vahiy qilgandik. Keyin siz Alloh yuborgan vahiyni odamlarga yetkazgan edingiz.