Ularga tilovat qilingan chog`da: «Biz unga iymon keltirdik. Albatta, u Robbimizdan kelgan haqdir. Albatta, biz bundan oldin ham musulmon edik», dedilar. Al-Qasas 28:53 ⧉
Tafsir:
Ularga tilovat qilib berilgan paytda dedilar: "Unga iymon keltirdik. U Parvardigorimiz tarafidan yuborilgan haqiqatdir. Biz undan oldin ham musulmonlar boʻlganmiz. Chunki oldingi paygʻambarlar olib kelgan risolatga iymon keltirganmiz".