Ustilariga so`z(langan azob) tushishi haq bo`lganlar: «Ey Robbimiz, anavi yo`ldan ozdirganlarimizni o`zimiz yo`ldan ozganimizdek ozdirganmiz. Senga o`zimizni oqladik. Ular bizga ibodat qilgan emaslar», derlar. Al-Qasas 28:63 ⧉
Tafsir:
Kufrga chorlagan kimsalar ustiga azob tushishi muqarrar. Oʻshalar shunday deydilar: "Parvardigoro, oʻzimiz qanday yoʻldan ozgan boʻlsak, anavilarni ham xuddi shunday yoʻldan ozdirganmiz. Ular bizga emas, shaytonlarga ibodat qilardilar".