Va Musoning onasiga: «Uni emizaver. Bas, (unga yomonlik yetishidan) qo`rqqan chog`ingda uni daryoga tashla, qo`rqma, xafa bo`lma, Biz, albatta, uni senga qaytarguvchimiz va Payg`ambarlardan qilguvchimiz», deb vahiy qildik. Qasas 28:7 ⧉
Tafsir:
Muso alayhissalomning onasiga shunday ilhom berdik: "Uni emizaver. Uni Firavn va uning qavmi oʻldirib qoʻyishidan qoʻrqsang, bir sandiqqa solib Nil daryosiga tashla. Choʻkib ketishidan qoʻrqma, uning firoqidan xafa boʻlma. Biz uni senga aniq tirik qaytarguvchimiz va uni Allohning paygʻambarlaridan biri qilguvchimiz".