Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 33 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 33 • Oʻzbekcha


وَلَمَّا أَنْ جَاءَتْ رُسُلُنَا لُوطًا سِيءَ بِهِمْ وَضَاقَ بِهِمْ ذَرْعًا وَقَالُوا لَا تَخَفْ وَلَا تَحْزَنْ ۖ إِنَّا مُنَجُّوكَ وَأَهْلَكَ إِلَّا امْرَأَتَكَ كَانَتْ مِنَ الْغَابِرِينَ 33
Tarjima:
Elchilarimiz Lutga kelishganida, u ular sababli mahzun bo`ldi va kelishlaridan yuragi siqildi. Ular: «Sen xavfsirama va mahzun ham bo`lma, albatta, biz seni va ahlingni qutqarguvchilarmiz. Magar, xotining halok bo`lguvchilardan bo`lgandir. Ankabut 29:33
Tafsir:
Biz yuborgan farishtalar Lutning oldiga kelishganida u bundan yomon holga tushdi va yuragi siqildi hamda qavmining biron buzuqlik qilishidan qoʻrqdi. Chunki farishtalar erkaklar suratida kelishgandi. Uning qavmi esa ayollarga emas, erkaklarga shahvat bilan qaraydigan qavm edi. Buni koʻrgan farishtalar Lutga shunday dedilar: "Qoʻrqma, qavming senga hech qanday yomonlik qila olmaydi. Ularni halok qilayotganimizdan xafa ham boʻlma. Biz seni va oilangni qutqarib qolamiz. Faqat xotining bundan mustasno. U halok boʻlguvchilar safida qolib ketadi. Uni ham oʻshalar bilan birga halok qilamiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 32 Keyingi Ankabut • Oyat 34