Kim jihod qilsa, bas, albatta, o`z foydasi uchun jiddu jahd qilur. Albatta, Alloh barcha olamlardan behojatdir. Al-Ankabut 29:6 ⧉
Tafsir:
Kim toat qilish, masiyatdan tiyilish yoʻlida oʻzini qiynasa va Alloh yoʻlida jihod qilsa, oʻzi uchun qiladi. Chunki bu ishlar uning oʻziga foyda keltiradi. Alloh esa hamma maxluqotlardan Behojatdir. Ularning toati Allohga foyda keltirmaydi, masiyati esa zarar qilmaydi.