Agar ulardan: «Osmondan suv tushirib, u bilan o`lgan yerni tiriltirgan kim?!» deb so`rasang, albatta, ular: «Alloh», derlar. Sen: «Allohga hamd bo`lsin!» deb ayt. Yo`q! Ularning ko`plari aql yuritmaslar. Al-Ankabut 29:63 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, mushriklardan: "Osmondan yomgʻir yogʻdirib, oʻlik yerni yashnatgan kim?", deb soʻrasangiz: "Alloh", deyishlari aniq. Ey Paygʻambar, ayting: "Oʻzingizga qarshi hujjatni keltirib qoʻygan Allohga hamd boʻlsin". Yoʻq! Aslida ularning aksari aql yuritmaydilar. Aql yuritganlarida edi, foyda ham, zarar ham keltira olmaydigan but-sanamlarni Allohga sherik qilmagan boʻlardilar.