Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Al-Ankabut — Oyat 67 (Oʻzbekcha) — Video

Al-Ankabut • Oyat 69 dan 67 • Oʻzbekcha


أَوَلَمْ يَرَوْا أَنَّا جَعَلْنَا حَرَمًا آمِنًا وَيُتَخَطَّفُ النَّاسُ مِنْ حَوْلِهِمْ ۚ أَفَبِالْبَاطِلِ يُؤْمِنُونَ وَبِنِعْمَةِ اللَّهِ يَكْفُرُونَ 67
Tarjima:
Biz ularga Haramni omonlik joyi qilib qo`yganimizni bilmabmidilar?! Holbuki, ularning atrofida odamlar talon-tarojga uchramoqdalar. Ular botilga iymon keltirib, Allohning ne'matiga kufr keltirurlarmi?! Al-Ankabut 29:67
Tafsir:
Alloh ularni gʻarq boʻlishdan qutqarib qoldi. Ular esa bu nematga nonkoʻrlik qildilar. Mana endi yana bir nematni koʻra olmayaptilar. Atrofidagilar talon-torojga uchrab, qatl qilinib, asir olinib, ayollari choʻriga, bolalari esa qulga aylantirilib turgan bir davrda Biz ularga Haramni jonlarini ham, mollarini ham har qanday bosqinchilikdan saqlab turadigan bir tinch-osoyishta dargoh qilib berdik. Oʻzlari toʻqib olgan botil xudolariga ishonib, Allohning nematiga shukr qilmasdan kufr keltiradilarmi?
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Al-Ankabut • Oyat 66 Keyingi Al-Ankabut • Oyat 68