Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ankabut — Oyat 8 (Oʻzbekcha) — Video

Ankabut • Oyat 69 dan 8 • Oʻzbekcha


وَوَصَّيْنَا الْإِنْسَانَ بِوَالِدَيْهِ حُسْنًا ۖ وَإِنْ جَاهَدَاكَ لِتُشْرِكَ بِي مَا لَيْسَ لَكَ بِهِ عِلْمٌ فَلَا تُطِعْهُمَا ۚ إِلَيَّ مَرْجِعُكُمْ فَأُنَبِّئُكُمْ بِمَا كُنْتُمْ تَعْمَلُونَ 8
Tarjima:
Va insonga ota-onasiga yaxshilik qilishni tavsiya qildik. Agar ular sening o`zing bilmagan narsani Menga shirk keltirishing uchun jihod qilsalar, bas, ularga itoat qilma. Qaytishlaringiz Mengaginadir. Bas, sizlarga qilgan narsalaringiz xabarini berurman. Ankabut 29:8
Tafsir:
Insonni ota-onasiga yaxshilik qilishga buyurdik. Agar ota-onang Sad ibn Abi Vaqqos bilan onasi oʻrtasida boʻlib oʻtgan voqeadek, sen oʻzing bilmagan narsalarni Menga sherik qilishingga zoʻrlasalar, bas, ularga itoat etma! Zero, Xoliqqa itoatsizlik bobida maxluqqa itoat qilinmaydi. Qiyomat kuni qaytib kelar joyingiz yolgʻiz Mengadir. Oʻshanda sizlarga qilib oʻtgan amallaringizni ayturman va oʻsha amallaringizga yarasha jazo yoki mukofotingizni berurman.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ankabut • Oyat 7 Keyingi Ankabut • Oyat 9