Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 101 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 101 • Oʻzbekcha


وَكَيْفَ تَكْفُرُونَ وَأَنْتُمْ تُتْلَىٰ عَلَيْكُمْ آيَاتُ اللَّهِ وَفِيكُمْ رَسُولُهُ ۗ وَمَنْ يَعْتَصِمْ بِاللَّهِ فَقَدْ هُدِيَ إِلَىٰ صِرَاطٍ مُسْتَقِيمٍ 101
Tarjima:
Allohning oyatlari sizga tilovat qilinib turgan bo`lsa-yu, Uning Rasuli ichingizda bo`lsa-yu, qanday qilib kufr keltirasiz?! Kim Allohni mahkam tutsa, shubhasiz, to`g`ri yo`lga hidoyat topgan bo`ladir. Oli Imron 3:101
Tafsir:
Qanday qilib iymon keltirgandan keyin ham yana Allohga kofir boʻlasizlar? Iymonda sabot bilan mustahkam turishga yetarli asosingiz bor-ku! Allohning oyatlari sizlarga oʻqilib turgan boʻlsa, Paygʻambar alayhissalomning oʻzi oldingizda tursa, bundan ortiq asos boʻlishi mumkinmi? Kim Allohning kitobi va paygʻambarining sunnatini mahkam ushlasa, uni Alloh hech bir qingʻirligi yoʻq toʻgʻri yoʻlga muvaffaq aylab qoʻyibdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 100 Keyingi Oli Imron • Oyat 102