Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 110 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 110 • Oʻzbekcha


كُنْتُمْ خَيْرَ أُمَّةٍ أُخْرِجَتْ لِلنَّاسِ تَأْمُرُونَ بِالْمَعْرُوفِ وَتَنْهَوْنَ عَنِ الْمُنْكَرِ وَتُؤْمِنُونَ بِاللَّهِ ۗ وَلَوْ آمَنَ أَهْلُ الْكِتَابِ لَكَانَ خَيْرًا لَهُمْ ۚ مِنْهُمُ الْمُؤْمِنُونَ وَأَكْثَرُهُمُ الْفَاسِقُونَ 110
Tarjima:
Siz odamlar uchun chiqarilgan eng yaxshi ummat bo`ldingiz. Amru ma'ruf qilasiz, nahyu munkar qilasiz va Allohga iymon keltirasiz. Agar ahli kitoblar iymon keltirganlarida, o`zlariga yaxshi bo`lar edi. Ulardan mo`minlari bor. Ko`plari fosiqdirlar. Oli Imron 3:110
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom ummati, sizlar odamlar uchun chiqarilgan, iymoningizda ham, amalingizda ham hammaga oʻrnak boʻladigan, odamlarga eng koʻp foydangiz tegadigan eng yaxshi ummat boʻldingizlar. Shariat buyurgan va aqlga ham toʻgʻri keladigan yaxshi ishlarga buyurasizlar, shariat taqiqlagan va aqlga ham toʻgʻri kelmaydigan yomon ishlardan qaytarasizlar. Allohga ishonasizlar va hamisha iymoningizni amalingiz tasdiqlab turadi. Agar ahli kitob - yahud va nasorolar Muhammad alayhissalom olib kelgan risolatga iymon keltirganlarida oʻzlari uchun - dunyo va oxiratlari uchun yaxshi boʻlardi. Ulardan juda ozchiligi iymonga keldi. Koʻpchiligi esa Allohning dini va shariatidan yuz oʻgirib ketdilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 109 Keyingi Oli Imron • Oyat 111