Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 128 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 128 • Oʻzbekcha


لَيْسَ لَكَ مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ أَوْ يَتُوبَ عَلَيْهِمْ أَوْ يُعَذِّبَهُمْ فَإِنَّهُمْ ظَالِمُونَ 128
Tarjima:
Bu sening ishing emas! U zot yoki ularning tavbasini qabul qilar, yoki azoblar. Bas, ular zolimlardir. Oli Imron 3:128
Tafsir:
Uhudda sodir boʻlgan voqealardan keyin Paygʻambar alayhissalom mushriklarning rahbarlarini duoyibad qilganida Alloh dedi: "Bu sizning ishingiz emas. Bu ish Allohniki. Alloh Oʻzi bir hukm chiqarguniga qadar sabr qiling. Alloh ularni tavbaga muvaffaq aylasa, musulmon boʻladilar, kufru zalolatlarida davom etaversalar, ularni azoblaydi. Chunki bu paytda ular azobga loyiq zolimlarga aylanadilar".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 127 Keyingi Oli Imron • Oyat 129