Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 152 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 152 • Oʻzbekcha


وَلَقَدْ صَدَقَكُمُ اللَّهُ وَعْدَهُ إِذْ تَحُسُّونَهُمْ بِإِذْنِهِ ۖ حَتَّىٰ إِذَا فَشِلْتُمْ وَتَنَازَعْتُمْ فِي الْأَمْرِ وَعَصَيْتُمْ مِنْ بَعْدِ مَا أَرَاكُمْ مَا تُحِبُّونَ ۚ مِنْكُمْ مَنْ يُرِيدُ الدُّنْيَا وَمِنْكُمْ مَنْ يُرِيدُ الْآخِرَةَ ۚ ثُمَّ صَرَفَكُمْ عَنْهُمْ لِيَبْتَلِيَكُمْ ۖ وَلَقَدْ عَفَا عَنْكُمْ ۗ وَاللَّهُ ذُو فَضْلٍ عَلَى الْمُؤْمِنِينَ 152
Tarjima:
Batahqiq, Alloh va'dasi ustidan chiqdi. Siz Uning izni bilan ularni qira boshladingiz. Toki zaiflashib, amr haqida ixtilof qilib va siz suygan narsani ko`rsatganidan so`ng, isyon qilguningizcha. Orangizda dunyoni xohlaydigan kimsalar bor va orangizda oxiratni xohlaydigan kimsalar bor. So`ngra, sizlarni imtihon qilish uchun ulardan burdi. Batahqiq, sizni afv etdi. Alloh mo`minlarga fazl egasi bo`lgan Zotdir. Ali 'Imran 3:152
Tafsir:
Uhud kunida Alloh sizlarga bergan vadasini bajardi. Allohning izni bilan kofirlarni qira boshladingiz. Keyin esa qoʻrqoqlik va zaiflik qilib, Paygʻambar alayhissalomning farmonini sobitqadamlik bilan bajara olmadingiz. Tayinlangan joyda barqaror turish yoki oʻljaga tashlanish borasida talashib-tortishdingiz. Har qanday holatda ham joyingizdan jilmaslik haqidagi Paygʻambar alayhissalomning farmoniga itoatsizlik qildingiz. Bu ish sizdan Alloh sizga oʻzingiz yoqtiradigan gʻalabani ato etganidan keyin sodir boʻldi. Kimdir dunyoviy oʻljani istab, joyini tark etdi. Yana kimdir oxirat savobini istab, joyida qoldi. Joyida qolganlar Paygʻambar alayhissalomning farmoniga itoat etganlardir. Shundan soʻng Alloh sinash uchun sizlarni ulardan burib qoʻydi va ularning qoʻli ustun kela boshladi. Natijada, baloga sabr qila olgan moʻminlar qadami toyilib, zaiflik qilganlardan ajralib qoldi. Endi Alloh Paygʻambar alayhissalomning farmoniga itoatsizlik etganingizni afv etdi. Alloh moʻminlarga fazlu marhamatli Zotdirki, ularni iymonga hidoyat qildi, gunohlarini kechirdi va musibatlariga yarasha savob berdi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 151 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 153