Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 154 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 154 • Oʻzbekcha


ثُمَّ أَنْزَلَ عَلَيْكُمْ مِنْ بَعْدِ الْغَمِّ أَمَنَةً نُعَاسًا يَغْشَىٰ طَائِفَةً مِنْكُمْ ۖ وَطَائِفَةٌ قَدْ أَهَمَّتْهُمْ أَنْفُسُهُمْ يَظُنُّونَ بِاللَّهِ غَيْرَ الْحَقِّ ظَنَّ الْجَاهِلِيَّةِ ۖ يَقُولُونَ هَلْ لَنَا مِنَ الْأَمْرِ مِنْ شَيْءٍ ۗ قُلْ إِنَّ الْأَمْرَ كُلَّهُ لِلَّهِ ۗ يُخْفُونَ فِي أَنْفُسِهِمْ مَا لَا يُبْدُونَ لَكَ ۖ يَقُولُونَ لَوْ كَانَ لَنَا مِنَ الْأَمْرِ شَيْءٌ مَا قُتِلْنَا هَاهُنَا ۗ قُلْ لَوْ كُنْتُمْ فِي بُيُوتِكُمْ لَبَرَزَ الَّذِينَ كُتِبَ عَلَيْهِمُ الْقَتْلُ إِلَىٰ مَضَاجِعِهِمْ ۖ وَلِيَبْتَلِيَ اللَّهُ مَا فِي صُدُورِكُمْ وَلِيُمَحِّصَ مَا فِي قُلُوبِكُمْ ۗ وَاللَّهُ عَلِيمٌ بِذَاتِ الصُّدُورِ 154
Tarjima:
So`ngra, g`amdan keyin sizdan bir toifangizni qamrab olgan mudroqni omonlik qilib tushirdi. Boshqa toifa esa, o`zi bilan ovora bo`lib, Alloh haqida nohaq, johiliyat gumonini qilib: «Bizning qo`limizda nima ish bor edi», deyishdi. Sen: «Ishning barchasi Allohdandir», deb ayt! Senga oshkor qilmagan narsalarini ichlarida maxfiy tutarlar. Ular: «Agar qo`limizda bir ish bo`lganida, bu yerda qatl qilinmas edik», derlar. Sen: «Agar uylaringizda bo`lsangiz ham, qatl bo`lish taqdirida yozilganlar o`z o`lim joylariga chiqar edilar. Bu, Alloh ko`ksingizdagi narsani sinashi va qalbingizdagini yaxshilab poklashi uchundir. Alloh ko`ksingizdagi narsani biluvchi Zotdir», deb ayt. Oli Imron 3:154
Tafsir:
Ogʻriq va tanglikdan soʻng sizlarga xotirjamlik va ishonchni nozil qildi. Allohning vadasiga aniq ishonadigan toifani orom uyqusi bosdi va shu bilan qalblariga tinchlik-xotirjamlik indi. Boshqa bir toifa - munofiqlar esa bu nematdan bebahra qolib, uxlay olmadilar. Ularning oʻz jonlaridan boshqa gʻam-tashvishi yoʻq edi. Shuning uchun xavfu iztirobda edilar. Alloh haqida badgumon boʻlib, paygʻambariga madad bermadi, bandalarini qoʻllamadi, degan oʻyga bordilar. Bu oʻylari Allohning qadrini bilmaydigan, U Zotga chin bahoni bera olmaydigan johiliyat gumonining ayni oʻzi edi. Munofiqlar Allohni tanimaganlari tufayli: "Urushga chiqish borasida bizning fikrimiz olinmadi, olinganida chiqmagan boʻlar edik", deyishadi. Ey Muhammad alayhissalom, ularga shunday javob bering: "Ishning hammasi Allohning Qoʻlidadir. U Oʻzi istaganicha taqdir qiladi, xohlaganicha hukm qiladi. Chiqishingizni taqdir qilgan ham Oʻsha Zotdir". Ular dillaridagi shak-shubha va badgumonlikni sizga oshkor etmaydilar. Shuning uchun: "Fikrimiz olinganida bu yerlarda oʻlib ketmagan boʻlar edik", deyishadi. Ey Paygʻambar alayhissalom, ularga shunday raddiya bildiring: "Jang va oʻlim joylaridan uzoqdagi uylaringizda boʻlsangizlar ham peshonasiga oʻlim bitilganlar oʻladigan joylariga albatta kelgan boʻlardilar". Alloh qalblaringizdagi niyatlaringizni, maqsadlaringizni tekshirish va ulardagi iymonni munofiqlikdan ajratib olish uchun sizlarga shu taqdirni bitdi. Alloh bandalarining qalblaridagi niyatlaridan ham xabardordirki, hech narsa U Zotdan yashirin boʻlolmas.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 153 Keyingi Oli Imron • Oyat 155