Ular: «Robbimiz, albatta, biz iymon keltirdik, bizning gunohlarimizni mag`firat qilgin va do`zax azobidan saqlagin», deydiganlardir. Oli Imron 3:16 ⧉
Tafsir:
Jannatilar Parvardigoriga duo qilib, shunday deydilar: "Parvardigoro, biz Senga va paygʻambarlaringga nozil qilgan risolatlarga iymon keltirdik, shariatingga ergashdik. Qilgan gunohlarimizni kechir va bizni doʻzax azobidan asra".