Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 167 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 167 • Oʻzbekcha


وَلِيَعْلَمَ الَّذِينَ نَافَقُوا ۚ وَقِيلَ لَهُمْ تَعَالَوْا قَاتِلُوا فِي سَبِيلِ اللَّهِ أَوِ ادْفَعُوا ۖ قَالُوا لَوْ نَعْلَمُ قِتَالًا لَاتَّبَعْنَاكُمْ ۗ هُمْ لِلْكُفْرِ يَوْمَئِذٍ أَقْرَبُ مِنْهُمْ لِلْإِيمَانِ ۚ يَقُولُونَ بِأَفْوَاهِهِمْ مَا لَيْسَ فِي قُلُوبِهِمْ ۗ وَاللَّهُ أَعْلَمُ بِمَا يَكْتُمُونَ 167
Tarjima:
Va munofiqlik qilayotganlarni bilish uchun yetdi. Va ularga: «Kelinglar, Allohning yo`lida urush qilinglar yoki mudofaa qilinglar», deyildi. Ular: «Agar jang bo`lishini aniq bilsak, sizga ergashardik», – dedilar. Ular o`sha kunda iymondan ko`ra kufrga yaqinroq edilar. Tillari bilan dillarida yo`q narsani ayturlar. Alloh berkitayotgan narsalarini yaxshi biluvchi Zotdir. Oli Imron 3:167
Tafsir:
Munofiqlar ham ochiq koʻrinsin. Ularga: "Allohning yoʻlida jang qilinglar yoki musulmonlar sonini oshirish bilan dushmanni daf qilinglar", deyilsa, ular: "Jang boʻlishini aniq bilganimizda-ku sizlarga ergashgan boʻlardik, ammo jang boʻladiganga oʻxshamayapti-da", dedilar. Oʻsha paytda ular iymondan koʻra kufrga yaqinroq edilar. Tili boshqa, dili boshqa boʻlib, tillaridagi gaplari dillaridagi niyatlariga toʻgʻri kelmas edi. Alloh esa ularning yashirin niyatlarini ham biladi va yaqinda oʻshanga yarasha jazosini ham beradi.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 166 Keyingi Oli Imron • Oyat 168