Kitobdan nasiba berilganlarga qaramaysanmi?! Oralarida hukm yuritish uchun Allohning kitobiga chaqirilganlarida ulardan bir guruhlari yuz o`girib ortga qaytarlar. Ali 'Imran 3:23 ⧉
Tafsir:
Ey Muhammad alayhissalom, yahudlar ahvoliga bir qarang. Alloh ularga Tavrot ilmidek bebaho nematni berib qoʻyibdi. Unda sizning paygʻambarligingizga dalolat qiluvchi hujjat bor. Endi ular oʻzaro ixtiloflariga Tavrotni hakam qilib olishga chaqirilsalar, olimlari va rahbarlaridan bir guruhi undan bosh tortyaptilar. Chunki bu ish ularning havoyi nafslariga mos tushmayapti. Axir ular oʻzlarini, Tavrotning tobelari, deya davo qilmasmidilar?! Shunday ekan, Tavrotni hakam qilib olishga birinchilardan boʻlib chopib kelishlari kerak emasmidi?