Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 49 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 49 • Oʻzbekcha


وَرَسُولًا إِلَىٰ بَنِي إِسْرَائِيلَ أَنِّي قَدْ جِئْتُكُمْ بِآيَةٍ مِنْ رَبِّكُمْ ۖ أَنِّي أَخْلُقُ لَكُمْ مِنَ الطِّينِ كَهَيْئَةِ الطَّيْرِ فَأَنْفُخُ فِيهِ فَيَكُونُ طَيْرًا بِإِذْنِ اللَّهِ ۖ وَأُبْرِئُ الْأَكْمَهَ وَالْأَبْرَصَ وَأُحْيِي الْمَوْتَىٰ بِإِذْنِ اللَّهِ ۖ وَأُنَبِّئُكُمْ بِمَا تَأْكُلُونَ وَمَا تَدَّخِرُونَ فِي بُيُوتِكُمْ ۚ إِنَّ فِي ذَٰلِكَ لَآيَةً لَكُمْ إِنْ كُنْتُمْ مُؤْمِنِينَ 49
Tarjima:
Va Bani Isroilga Payg`ambar qiladi. U: «Albatta, men sizga Robbingizdan mo`'jiza keltirdim, men sizlarga loydan qushga o`xshash suvrat yasayman, unga puflasam, Allohning izni bilan qush bo`ladi. Alloh izni bilan tug`ma ko`r va peslarni tuzataman va o`likni tiriltiraman. Sizlarga nimani yemoqdasizu, nimani uyingizda saqlayapsiz — xabarini beraman. Agar mo`min bo`lsangiz, albatta, bunda sizga belgi bordir», deydi. Oli Imron 3:49
Tafsir:
Shuningdek, uni Bani Isroilga paygʻambar qiladi va u deydi: "Men sizlarga paygʻambarligimga dalil boʻladigan belgilarni keltirdim. Ular shulardan iboratki, loydan qush shaklini yasab, bir puflasam, Allohning izni ila tirik qushga aylanadi, tugʻma koʻrni davolasam, koʻzi ochiladi, pes-moxovni davolasam, kasaldan forigʻ boʻlib, terilari soppa-sogʻayadi, oʻlikni esa tiriltiraman, shularning hammasini Allohning izni bilan qilaman, sizlar yeyayotgan va uyingizda yashirib, gʻamlab qoʻygan oziq-ovqatlaringizni ham aytib bera olaman. Agar sizlar iymon keltirish va hujjatlarni tasdiqlash niyatida boʻlsangizlar, aytib oʻtganlarim inson zotining qoʻlidan kelmaydigan buyuk ishlar boʻlib, mening Allohning paygʻambari ekanimga yaqqol belgilardir".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 48 Keyingi Oli Imron • Oyat 50