Albatta, Allohning huzurida Iysoning misoli xuddi Odamning misoliga o`xshaydir. Uni tuproqdan yaratib, so`ngra unga «Bo`l!» dedi, bas, (u) bo`ldi. Oli Imron 3:59 ⧉
Tafsir:
Allohning nazdida Iyso alayhissalomning otasiz yaratilishi xuddi Odam alayhissalomning ota-onasiz yaratilishi kabidir. Oʻshanda Alloh Odamga: "inson boʻlib yaral!" degan edi va u Alloh taolo aytganidek yaralgandi. Qanday qilib otasiz yaratilganini hujjat qilib, uni Xudo deydilar? Axir ular ota-onasiz yaratilgan Odamni inson deydilar-ku?!