Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Oli Imron — Oyat 84 (Oʻzbekcha) — Video

Oli Imron • Oyat 200 dan 84 • Oʻzbekcha


قُلْ آمَنَّا بِاللَّهِ وَمَا أُنْزِلَ عَلَيْنَا وَمَا أُنْزِلَ عَلَىٰ إِبْرَاهِيمَ وَإِسْمَاعِيلَ وَإِسْحَاقَ وَيَعْقُوبَ وَالْأَسْبَاطِ وَمَا أُوتِيَ مُوسَىٰ وَعِيسَىٰ وَالنَّبِيُّونَ مِنْ رَبِّهِمْ لَا نُفَرِّقُ بَيْنَ أَحَدٍ مِنْهُمْ وَنَحْنُ لَهُ مُسْلِمُونَ 84
Tarjima:
Sen: «Allohga va bizga tushirilgan narsaga, Ibrohim, Ismoil, Is'hoq, Ya'qub va asbotlarga tushirilgan narsaga, Muso, Iyso va boshqa Payg`ambarlarga Robbilaridan berilgan narsaga iymon keltirdik, ulardan birortasini ajratmaymiz va biz Ungagina musulmonmiz!» deb ayt! Oli Imron 3:84
Tafsir:
Ey Paygʻambar alayhissalom, ayting: "Allohning yolgʻiz ilohligiga iymon keltirdik. Uning buyruqlariga itoat etdik. U bizga nozil qilgan vahiyga, Ibrohim, Ismoil, Ishoq va Yaqubga nozil qilgan xabariga, Yaqubning bolalaridan boʻlgan paygʻambarlarga nozil qilgan oyatlariga, Muso, Iyso va barcha paygʻambarlarga Parvardigori olam tarafidan berilgan Kitoblar va oyatlarga ham iymon keltirdik. Ularni ajratmaymiz. Biriga ishonib, boshqasiga kufr keltirmaymiz. Biz yolgʻiz Alloh taologa taslim boʻlgan va boʻysungan bandalarmiz".
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Oli Imron • Oyat 83 Keyingi Oli Imron • Oyat 85