Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ali 'Imran — Oyat 93 (Oʻzbekcha) — Video

Ali 'Imran • Oyat 200 dan 93 • Oʻzbekcha


كُلُّ الطَّعَامِ كَانَ حِلًّا لِبَنِي إِسْرَائِيلَ إِلَّا مَا حَرَّمَ إِسْرَائِيلُ عَلَىٰ نَفْسِهِ مِنْ قَبْلِ أَنْ تُنَزَّلَ التَّوْرَاةُ ۗ قُلْ فَأْتُوا بِالتَّوْرَاةِ فَاتْلُوهَا إِنْ كُنْتُمْ صَادِقِينَ 93
Tarjima:
Tavrot tushishidan oldin Isroil o`ziga harom qilgandan boshqa hamma taom Bani Isroilga halol edi. «Agar rostgo`ylardan bo`lsangiz, Tavrotni keltirib o`qinglar», deb ayt! Ali 'Imran 3:93
Tafsir:
Bani Isroilga hamma xush taomlar halol edi. Faqat Yaqub alayhissalom Tavrot nozil boʻlishidan oldin oʻziga harom qilib olgan ozuqalargina harom qilingandi. Yahudlar davo qilayotganidek, ular Tavrotda harom qilinmagandi. Ey Paygʻambar alayhissalom: "Davoyinglar rost boʻlsa, Tavrotni olib kelinglar va oʻqinglar", deb ayting. Shu bilan ular mot boʻldilar va Tavrotni olib kelmadilar. Bu yahudlar oʻzlarining toʻqimalarini Tavrotga qoʻshib yuborganlarini koʻrsatuvchi dalillardan biridir.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ali 'Imran • Oyat 92 Keyingi Ali 'Imran • Oyat 94