Ammo, iymon keltirib, yaxshi amallarni qilganlarga, albatta ularga qilib o`tgan amallari uchun jannatul ma'vo manzildir. As-Sajdah 32:19 ⧉
Tafsir:
Allohga iymon keltirib, yaxshi ishlarni qilganlarga tayyorlab qoʻyilgan mukofot esa jannatlardir. Shu dunyoda qilib oʻtgan yaxshi amallari uchun Alloh tarafidan berilgan bu nemat ichida abadiy qoladilar.