Albatta, Biz ularga buyuk azobdan oldin yaqin azobni tottiramiz. Shoyadki, qaytsalar. Sajda 32:21 ⧉
Tafsir:
Anavi haqni tan olmaydigan va Allohga itoatsizlik qiladigan badbaxtlarga Qiyomatdagi ulugʻ azobdan oldin shu dunyoning oʻzida balo va mashaqqatlarni totdiramiz. Shoyadki, tavba qilib, itoat qilishga qaytsalar.