Sen: «Fath kuni kufr keltirganlarga iymonlari manfaat bermas va ularga muhlat ham berilmas», deb ayt. As-Sajdah 32:29 ⧉
Tafsir:
Ey Paygʻambar, ularga ayting: "Bu vada Qiyomat kunidir. U kunda bandalar orasida uzil-kesil ajrim qilinur. Shu dunyoda kufr keltirgan kimsalarga u dunyoda iymon keltirishlari foyda bermaydi. Ularga tavba qilib olishlari uchun muhlat ham berilmaydi.