Landscape MP4 Vertical MP4

Sura Ahzob — Oyat 13 (Oʻzbekcha) — Video

Ahzob • Oyat 73 dan 13 • Oʻzbekcha


وَإِذْ قَالَتْ طَائِفَةٌ مِنْهُمْ يَا أَهْلَ يَثْرِبَ لَا مُقَامَ لَكُمْ فَارْجِعُوا ۚ وَيَسْتَأْذِنُ فَرِيقٌ مِنْهُمُ النَّبِيَّ يَقُولُونَ إِنَّ بُيُوتَنَا عَوْرَةٌ وَمَا هِيَ بِعَوْرَةٍ ۖ إِنْ يُرِيدُونَ إِلَّا فِرَارًا 13
Tarjima:
O`shanda ulardan bir toifasi: «Ey, Yasrib ahli, bu yerda sizga turish imkoni yo`q. Bas, qaytinglar», dedi. Ulardan bir guruhlari Nabiydan izn so`rab: «Uylarimiz ochiq-sochiq qolgan», derlar. Holbuki, ular ochiq-sochiq emas. Ular qochishdan boshqani iroda qilmaslar. Ahzob 33:13
Tafsir:
Ey Paygʻambar, eslang. Oʻshanda bir toʻda munofiqlar Madina aholisiga shunday degan edi: "Ey Yasrib ahli, (Yasrib - Madinaning Islomdan oldingi nomi), Sal togʻi yonbagʻridagi Xandaq qirgʻiniga dosh berolmaysizlar, yaxshisi uylaringizga qaytinglar". Yana bir toʻdasi esa uylarining qarovsiz, dushmanga ochiq qolganini bahona qilib, qaytishga ruxsat soʻradilar. Aslida esa uylari ochiq qolmagandi. Dushmandan qochish uchun yolgʻon uzr topayotgan edilar.
X Facebook Minutemailer Stellar WhatsApp Reddit
To‘liq sura videosiga o‘tish
Oldingi Ahzob • Oyat 12 Keyingi Ahzob • Oyat 14