Va uylaringizda tilovat qilinayotgan Allohning oyatlarini va hikmatni eslang. Albatta, Alloh o`ta latiyf va o`ta xabardor bo`lgan Zotdir. Al-Ahzab 33:34 ⧉
Tafsir:
Uylaringizda Allohning oyatlari va Paygʻambarining pokiza sunnatlari yangrashini, Alloh sizlarga qanchalar mehribonlik qilganini, holingizdan xabardor boʻlib turganini bir oʻylab koʻringlar-a! U Zot sizlarni Paygʻambar alayhissalomdek buyuk insonga yostiqdosh hamnishin, barcha moʻminlarga esa ona ayladi.