U sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun O`zi ham, farishtalari ham salovot aytadir. U mo`minlarga o`ta mehribon bo`lgan Zotdir. Al-Ahzab 33:43 ⧉
Tafsir:
U shunday zotki, sizlarga marhamat koʻrsatadi, sizlarni maqtaydi. Farishtalari esa sizlarning haqingizga duo qiladilar. Sizlarni kufr zulmatlaridan iymon nuriga olib chiqish uchun shunday qiladi. U moʻminlarga Mehribondir. Oʻziga itoat qilib, buyruqlarini bajarib, taqiqlaridan tiyiladigan bandalarini azoblamaydi.