Ey, iymon keltirganlar! Musoga ozor berganlar kabi bo`lmanglar. Bas, Alloh uni ular aytgan narsadan pokladi. Va u Allohning nazdida obro`li edi. Ahzob 33:69 ⧉
Tafsir:
Ey Allohga iymon keltirgan va shariatiga amal qiladigan moʻminlar, Musoni badani borasida ayblab, unga ozor berganlar kabi paygʻambaringizga ozor bermanglar. Oʻshanda Alloh Musoni ular aytgan aybdan poklagan edi. Shu bilan uning sogʻlom ekani ayon boʻlgandi. Muso Allohning nazdida obroʻli edi. Uning talabi rad etilmas, harakati zoye ketmas edi.